14.10.2024

174

msk_yangiliklari_in

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylov kuni yaqinlashgani sari qalbimizda bir hayajon bor. Ya’ni kimlar qonun ijodkorlari qatoriga kiradi, yana kimlar viloyat, tuman Kengashi deputati bo‘ladi? Bu masalani hal qilish, albatta, saylovchilarimizga bog‘liq. Biz jarayonni kuzatib boramiz. Muhimi, saylash huquqiga ega bo‘lgan jondorliklar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan, yurt kelajagi uchun yelka tutadigan nomzodlarga ovoz beradilar, deb o‘ylayman, – deydi Jondor tumanidagi 45-maktabda joylashgan 207-saylov uchastkasi raisi Sharif Shamsiev. – Bizning uchastkada muhim siyosiy kunga tayyorgarlik ishlari ko‘ngildagidek qilib qo‘yilgan. Ovoz berish binolarida yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlarini berish uchun joylar ajratilishi deysizmi, yoki saylov qutilari o‘rnatilishi masalasi, qisqasi barcha ishlar amaldagi qonunchilik asosida tashkil qilindi.

 

Nasib bo‘lsa, uchastka hududidagi saylovchilar 27-oktyabr kuni siyosiy faolliklarini amalda namoyon qilishadi. Ular o‘z kelajaklari uchun ovoz beradilar.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur