07.10.2024

54

msk_yangiliklari_in

O‘zbekistonliklar uchun 27-oktyabr sanasi - muhim siyosiy kun. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylov o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Buxoroda uchastka saylov komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar bosqichma-bosqich davom etmoqda.

 

Vobkent tumanida ham bu ish qizg‘in kechayapti. 181- va 182-uchastka saylov komissiyalari hududida 172-,173-,174- hamda 188-,189-,190- USK a’zolari uchun o‘tayotgan o‘quvlar davomida siyosiy jarayon yangiliklari, saylovdagi asosiy vazifalar, fuqarolar bilan ishlash, saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlash tartibi, saylov tizimi hamda boshqa jihatlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berilayapti. O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida mohir trenerlar saylovga oid o‘quv qo‘llanmalar, hujjatlar, videoroliklardan foydalanishmoqda.

 

 

 

 

Buxoro viloyat hududiy saylov komissiyasi

 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur