Buxoro hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi hamkorligida “Saylov jarayonlarini yoritishda jurnalistlarning o‘rni va mas’uliyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar qatnashishdi. Dastlab O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi raisi v.b. Shamshod Ochilov mazkur seminarning mazmun-mohiyati borasida tushuncha berdi. Shundan so‘ng Buxoro hududiy saylov kamissiyasi matbuot markazi rahbari Akbar Rustamov saylov jarayonlarini yoritishda jurnalistlar nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi, saylov qonunchiligidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.