- Saylov kuni poytaxtga xizmat safari bilan ketyapman. Shu sababli muddatidan oldin ovoz berishni ma’qul topdim. Partiyalar faoliyatiga va nomzodlar ishiga befarq emasman. Fursatdan foydalanib o‘z tanlagan nomzodimga ovoz berdim, - deydi fuqaro Oybek Abdullayev.
462-son saylov uchastkasi Qorako‘l tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joylashgan.Ovoz berish jarayonlari shaffof va adolatli tashkil etilyapti. barcha uchastkalar qatori mazkur uchastka ham talab darajasida jihozlangan.
Ma’lumot o‘rnida, muddatidan oldin ovoz beruvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan saylov uchastkasiga borishlari kerak. Muddatidan oldin ovoz berish bugun barcha uchastkalarda 18:00 ga qadar davom etadi.