O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 23-apreldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan Buxoro viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashning ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun
2026-yil 7-iyun, YAKSHANBA kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
|
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi manzili |
Saylov uchastkasi chegaralari |
|
1. |
Xalq deputatlari Shofirkon tuman Kengashi |
9-Iskogare saylov okrugi |
410 |
Shofirkon tumani “Quyi Chuqurak” mahalla fuqarolar yig‘ini, Quyi Chuqurak aholi punkti, 9-uy, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi |
“Quyi Chuqurak” mahalla fuqarolar yig‘inining Quyi Chuqurak, Shodlik, O‘zbekiston va Uchtut ko‘chalari to‘liq hududi chegaralari. |
|
411 |
Shofirkon tumani “Iskogare” mahalla fuqarolar yig‘ini, Iskogare qishlog‘i, 8-uy, |
“Quyi Chuqurak” mahalla fuqarolar yig‘inining Xalloq Aminov; “Iskogare” mahalla fuqarolar yig‘inining Saroylar ko‘chalari to‘liq hududi chegaralari. |
|||
|
412 |
Shofirkon tumani “Iskogare” mahalla fuqarolar yig‘ini, Iskogare aholi punkti, 55-uy, |
“Iskogare” mahalla fuqarolar yig‘inining Arablar, Namozgoh, Umar Hayyom, Iskogare shoh va Qoratepa ko‘chalari to‘liq hududi chegaralari. |
2026-yil 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasining Buxoro.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.