Buxoro muhandislik va texnologiyalari institutida 22-saylov uchastkasi tashkil etilgan

11.10.2024

55

msk_yangiliklari_in

Buxoro muhandislik va texnologiyalari institutida 22-saylov uchastkasi tashkil etilgan. Mazkur uchastka joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyor, desak adashmaymiz. Uchastka talab darajasida jihozlangan, komissiya a’zolari uchun alohida xona ajratilgan va saylovga oid stendlar joylashtirilgan.

 

-Saylov uchastkamizda barcha komissiya a’zolarimiz astoydil ish olib borishyapti. Fuqarolardan kelib tushayotgan savollarga ham batafsil javob berilyapti. Xususan, bugun fuqaro Nigora Nurmatova saylov uchastkasiga kelib, saylovga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Fuqaroning savoliga kerakli javoblar berildi,-deydi 22-son saylov uchastkasi raisi o‘rinbosari Adiz Azimov.

 

Ma’lumot o‘rnida, fuqarolar ma’lum bir sabab bilan 16-oktabrdan 23-oktabrga qadar muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatiga egalar.

 

           

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur