– 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovga tayyorgarlik ishlari Buxoro viloyatining Jondor tumanida ham qizg‘in davom etmoqda. Har bir jarayonni qonunchiligimizda belgilangan tartib-qoidalar va talablar asosida bo‘lishiga jiddiy e’tibor bermoqdamiz, – deydi 221-uchastka saylov komissiyasi raisi Eldar Rizayev. – Ovoz berish binolarida yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar jihozlanishi, saylov byulletenlarini berish joylari ajratilishi hamda saylov qutilari o‘rnatilishi kabi saylovchilar uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar ta’minlandi.
Barchani Vatanimiz ertasiga befarq bo‘lmaslikka, muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga chaqiraman.