15.10.2024

48

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovga Buxoro shahrida yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgan. Viloyat Bolalar kutubxonasida joylashgan 33-saylov uchastkasi misolida ham bunga ishonch hosil qilish mumkin.

 

Saylov byulletenlarini berish uchun joylar allaqachon ajratilgan edi. Saylov qutilari ham o‘rnatilgan, - deydi saylov komissiyasi rais o‘rinbosari Matluba Akramova. - Saylovchilar ovoz berish binolarida yashirin ovoz berish xonalarining jihozlanishi ham ko‘ngildagidek. 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayonda saylovchilarimiz munosib nomzodga ovoz berishlariga ishonaman.

 

               

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur