Saylovda qatnashish uchun atay Samarqanddan keldim

27.10.2024

122

msk_yangiliklari_in

Buxoro shahridagi Mahmud Torobiy mahallasida istiqomat qiluvchi Humoyun Sayfullayev bu yil saylovda ilk marotaba ishtirok etmoqda. Erta tongda Buxoro shahridagi 26-saylov uchastkasida hozir bo‘lgan yigitning hayajoni cheksiz.

 

- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1-kursida tahsil olaman, - deydi Humoyun. – Hayotimdagi ilk muhim siyosiy jarayonni o‘tkazib yuborishni istamadim hamda saylovda ovoz berish uchun atayin Samarqanddan keldim.

 

Saylovda ovoz berish shunchaki huquqiy majburiyat bo‘lib qolmay, balki har birimizning davlatimizni yanada yuksaltirishga va farovonligini oshirish uchun qo‘shgan hissamizdir.

 

Shuning uchun men o‘z ovozim bilan O‘zbekistonning kelajagini belgilashga hissa qo‘shmoqchiman.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur