YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari Boris Dyakonov va Gabriela Byuttner yana Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘ldi. Bu gal ular saylovga tayyorgarlikning oxirgi jarayonlari bilan tanishishdi.
Kuzatuvchilar saylovga tayyorgarlik ko‘rishga oid savollariga javoblar oldi. Hududiy saylov komissiyasi raisi Muhammadqosim Olimov hamda komissiya a’zosi Qahramon Tursunov tomonidan kerakli ma’lumotlar berildi.