Rossiyalik xalqaro kuzatuvchilar Buxoroda bo‘lishdi

25.10.2024

118

msk_yangiliklari_in

Parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov ham siyosiy, ham mas’uliyatli jarayon. Tashkiliy ishlarning bari saylovni munosib o‘tkazib, namunali tashkil etishga qaratilgan.

 

Saylov jarayoni va tayyorgarlik ishlarini o‘rganish uchun Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasida xalqaro kuzatuvchilar bo‘lishdi. Bu galgi kuzatuvchilar Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurishdi. Lyudmila Markina, Elmira Xaymurzina saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

   

 

Uchrashuvda kuzatuvchilar saylov jarayonlari, uning yoritilishi va suratga olish ishlari qay tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Hududiy saylov komissiyasi raisi M.Olimov hamda Matbuot markazi rahbari Akbar Rustamov bu borada batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Kuzatuvchilar barcha ishlar xalqaro normalar asosida tashkillashtirilganligini e’tirof etishdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur