Buxoro shahridagi 20-maktabda joylashgan 76-saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish davom etmoqda. Shu hududda ro‘yxatda turuvchi Azal Shukurov saylov kuni xizmat safari bilan boshqa viloyatda bo‘lar ekan.
- 27-oktabr kuni o‘z hududimda bo‘lolmasligim sababli muddatidan oldin o‘zim ishongan nomzodlarga ovoz berdim, – deydi saylovchi.
Ma’lumot o‘rnida, fuqarolar ma’lum bir sabab bilan 16-oktabrdan 23-oktabrga qadar muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatiga egalar.