Parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov kuni ham tobora yaqinlashib bormoqda. Tashkiliy masalalar va tegishli vazifalarni yana bir karra aniqlashtirish saylovning munosib o‘tishida muhimdir.
Buxoro viloyat hududiy saylov komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi arafadagi dolzarb vazifalar yana bir bor muhokama qilib olindi. Tuman(shahar) saylov komissiyalari raislari ham ishtirok etgan yig‘ilishda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi M.Olimov hamda rais o‘rinbosari Rohila Otayeva yig‘ilishda qo‘yilgan masalalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, joriy yilning 16-oktabr sanasidan boshlab 23-oktabrgacha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Unda ma’lum sabablarga ko‘ra saylov kuni o‘z yashash manzilidan yiroqda bo‘lgan saylovchilar o‘zlarining saylash huquqlaridan foydalanib, yashash manzilidagi tegishli uchastkaga borgan holda ovoz berishlari mumkin. Ayni paytda jami saylovchilarning 10 foizi mikdorida byulletenlar uchastkalarga tarqatilgan. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari respublika bo‘ylab ish kunlari 9-18 ga qadar, dam olish kunlari esa soat 11 dan 17 ga qadar davom etadi.
Shuningdek yig‘ilishda muddatidan ilgari ovoz berish tartibi va reglamenti, saylov jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar va boshqa masalalar xususida ham fikr almashildi.