XALQARO KUZATUVChILAR HUDUDIY SAYLOV KOMISSIYASIDA

05.10.2024

81

msk_yangiliklari_in

Saylov jarayonlarining shaffof, oshkora va haqqoniy o‘tishini ta’minlashda kuzatuvchilarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilarning siyosiy kampaniyadagi ishtiroki jarayonlarda oshkoralik muhiti yaratilishiga xizmat qiladi, qolaversa, bu bilan fuqarolarning saylovlarda faolligi ta’minlanadi.

 

Yurtimizda 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida Buxoroga kelgan xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijlik mehmonlar saylovga hozirlik jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda.

 

 

YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari Boris Dyakonov va Gabriela Byuttner Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘ldi. 

 

Hududiy saylov komissiyasi raisi Muhammadqosim Olimov kuzatuvchilarga hududiy, tuman(shahar) hamda okrug saylov komissiyalarida yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng kuzatuvchilar hududiy saylov komissiyasi matbuot markazida ham bo‘lib, bu yerda OAV xodimlari uchun yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirishdi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur