Bugun YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari Boris Dyakonov va Gabriela Byuttner Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘ldi.
Hududiy saylov komissiyasi raisi Muhammadqosim Olimov kuzatuvchilarga hududiy, tuman(shahar) hamda okrug saylov komissiyalarida yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng kuzatuvchilar saylovga tayyorgarlik ko‘rishga oid savollariga javoblar oldi. Buxoroi sharif bilan bog‘liq taassurotlarini ham o‘rtoqlashdi.
Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot markazi