2024-yil 26-oktabr kuni soat 15.00 da Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasi binosida komissiya raisi Muhammadqosim Olimov ishtirokida Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan asosiy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkaziladi.
Brifingga viloyatdagi barcha jurnalistlar hamda blogerlarni taklif qilamiz.
Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot markazi