O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 13-yanvardagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan Buxoro viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun 2026-yil 15-fevral, yakshanba kuni saylov bo‘lib o‘tadi.
|
№ |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi manzili |
Saylov uchastkasi chegaralari |
|
1. |
Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashi |
7-Yangirabot |
562-uchastka |
G‘ijduvon tumani “Buktaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Buktaroy ko‘chasi 33A-uyda joylashgan |
“Buktaroy” mahalla fuqarolar yig‘inining Buktaroy ko‘chasi va Bobog‘ozi ko‘chalari to‘liq hududi chegaralarida. |
|
580-uchastka |
G‘ijduvon tumani “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini, G‘arbiy Yangirabot ko‘chasi 5-uyda joylashgan |
“Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inining Ko‘chapoyon ko‘chasi, Saroyoni bolo ko‘chasi, Shag‘olon ko‘chasi hamda Arobakashlar va G‘arbiy Yangirobot ko‘chalari to‘liq hududi chegaralarida. |
|||
|
586-uchastka |
G‘ijduvon tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini, Kumrabotiberun 2 ko‘chasi 95-uyda joylashgan |
“Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inining Urganjeli ko‘chasi, Varozin ko‘chasi, Quyi Qalmoqlar ko‘chasi, Janubiy Arablar ko‘chasi, Xinokoron ko‘chasi hamda Qumrabotiberun ko‘chalari |
2026-yil 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasining buxoro.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.