Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasiga xalqaro kuzatuvchi sifatida indoneziyalik jurnalistlar “Kalimantan Post” nashri rahbari Eka Shanti va mazkur nashrning ish yurituvchisi Dhanu Prihantoma Aria tashrif buyurishdi. Ular dastlab hududiy saylov komissiyasi raisi Muhammadqosim Olimov bilan suhbatlashishdi. Shundan so‘ng saylov komissiyasi matbuot markazida bo‘lib, bu yerda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
– Biz saylov uchastkalarida ham bo‘lib, saylov jarayonlarini kuzatdik, – deydi Eka Shanti – Bundan tashqari, hududiy saylov komissiyasida aholiga saylov jarayonida tezkor ma’lumotlar yetkazish tizimi, uchastkalar faoliyatini uslubiy muvofiqlashtirish ishlari, shuningdek, matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil qilingan qulayliklar bizga manzur bo‘ldi. O‘ylaymizki, matbuot markazi orqali saylov jarayonlarini ochiq, oshkora va xolis yoritish tizimi yaratilganligi mamlakatingiz saylov tizimining asosiy yutuqlaridan biridir.