09.10.2024

58

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovga ham sanoqli kunlar qoldi. Qorovulbozor tumanida mazkur siyosiy jarayonga amaldagi qonunchilik asosida tayyorgarlik ko‘rilgan.

 

 

513-saylov uchastkasi 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida joylashgan. Bu yerda saylov byulletenlarini berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari o‘rnatilishi kabi barcha masalalar muhim siyosiy kunga shay.

 

- Bizning "Tinchlik" MFY hududidagi tuman kasb-xunar maktabi binosida joylashgan 514-saylov uchastkasida ham saylovga tayyorgarlik ishlari ko‘ngildagidek tashkil qilingan, - deydi saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek Rasulov. - Saylovchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ovoz berish binolarida yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda xonalar jihozlanishi ham namunali.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur