Saylov namunali oʼtishini taʼminlaymiz

16.09.2024

3483

msk_yangiliklari_in

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovni o‘tkazuvchi komissiya azolarining malakasini oshirish bo‘yicha tashkil qilingan o‘quv-seminarlar joylarda boʼlgani singari Jondor tumanida ham davom etmoqda, – deydi o‘quv-seminar treneri Suxrob Davronov. – Аyni paytda tumandagi Ixtisoslashgan maktabda toʼrt nafar trener – siyosiy jarayon yangiliklari, saylovdagi asosiy vazifalar, fuqarolar bilan ishlash tartibi hamda boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil tushunchalar bermoqdamiz. O‘quv-seminar ishtirokchilari mavzuga oid oʼzlarini qiziqtirgan savollariga ham atroflicha javoblar olishyapti. Shuningdek, Darslar davomida saylovga oid o‘quv qo‘llanmalar, hujjatlar, videoroliklardan unumli foydalanilayapti. Bir soʼz bilan aytganda, har birimiz saʼy-harakatlarimiz orqali saylov namunali oʼtishini taʼminlaymiz.

 

 

Bundan tashqari, Saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari hamda kotiblari ishtirokida o‘tkazilayotgan o‘quv jarayonlarda saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlash tartibi, saylov tizimi hamda boshqa xususiyatlarga alohida to‘xtalib o‘tilmoqdaki, bu saylovni amaldagi qonunchilik asosida shaffof oʼtishini taʼminlaydi, albatta.

 

Saylov komissiyasi azolari uchun tashkil qilingan mazkur o‘quv-seminarlar 18-sentabrga qadar bosqichma-bosqich davom etadi.

 

 

Buxoro viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur