Nogironligi bo‘lgan saylovchilar saylash huquqidan foydalanmoqda

27.10.2024

107

msk_yangiliklari_in

Buxoro shahri, Jo‘bor mahallasidagi 34-saylov uchastkasida ovoz beruvchi saylovchilar soni 2919 nafar bo‘lib, ularning 207 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi.

 

Saylov uchastkasida har bir ovoz beruvchiga qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim hamda komissiya a’zolari nogironligi bor shaxslarga ham o‘z fuqarolik huquqidan erkin foydalanishiga ko‘mak berishmoqda.

 

Bugungi saylovda fuqarolik huquqimdan foydalanib, ovoz beryapman. Uchastkada yaratilgan inkyuziv sharoitlar, ayniqsa, brayl alifbosidagi blyutenlar erkin ovoz berishimizga imkon berdi, - deydi O‘g‘iloy Qaraqulova.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur