Mahalla faollari va yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv Buxoro viloyati o‘tkazildi

10.09.2024

64

msk_yangiliklari_in

Bugun Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev Buxoro shahrida bir guruh yoshlar va mahalla fuqarolar yig‘inlarining faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

Ochiq muloqotda MSK Raisi joriy yil 27-oktyabr sanasida o‘tkaziladigan saylov yangilangan Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan kuchli parlamentarizm va joylarda vakillik organlarining vakolatlari sezilarli darajada kuchaytirilgan sharoitda o‘tishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning afzalliklari yuzasidan so‘z yuritdi.

 

Shu bilan bir qatorda, muloqot ishtirokchilariga saylov jarayonlari ishtirokchilari uchun joriy qilingan yangi “E-saylov” axborot tizimi uning afzalliklari bo‘yicha ham muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Tadbirda yoshlar va mahalla faollariga saylov kampaniyasining muhim bosqichlari xususida ham ma’lumotlar berib o‘tildi ishtirokchilar ular yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

 

MSK raisining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon tumanlarida ham bo‘lib, tuman saylov komissiyalari a’zolari, yoshlar va mahalla faollari bilan muloqotlar o‘tkazdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur