04.10.2024

61

msk_yangiliklari_in

Kogon shahar 3-umumta’lim maktabida tashkil etilgan 105-son saylov uchastkasida saylovga tayyorgarlik jarayonlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Ayni damda komissiya a’zolarining faoliyat yuritishlari uchun qulayliklar yaratilgan. Belgilangan tartibda texnik jihozlar va turli qo‘llanmalar bilan ta’minlangan.

 

- Saylov uchastkamizda bugungi kunimiz komissiya a’zolarining yig‘ilishi bilan boshlandi. Bunda har bir komissiya a’zosining saylov jarayoniga oid hozirgacha bo‘lgan faoliyati to‘g‘risida so‘z bordi. Kelgusidagi rejalar aniqlab olindi,- dedi uchastka saylov komissiyasi a’zosi Laylo Hojieva.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur