02.10.2024

108

msk_yangiliklari_in

Yurtimizda 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylov o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Buxoroda uchastka saylov komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar boshlandi.

 

Buxoro tumanidagi 16-maktabda tashkil qilingan o‘quv davomida siyosiy jarayon yangiliklari, saylovdagi asosiy vazifalar, fuqarolar bilan ishlash, saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlash tartibi, saylov tizimi hamda boshqa jihatlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berilayapti. O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida mohir trenerlar saylovga oid o‘quv qo‘llanmalar, hujjatlar, videoroliklardan keng foydalanishmoqda.

 

– Mazkur o‘quvlar dastlab uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari hamda kotiblari ishtirokida o‘tkazilgan bo‘lsa, endi faqat uchastka saylov komissiyasi a’zolari uchun tashkil qilindi. Quvonarlisi, trenerlarimizning berayotgan ma’lumotlari, tushuntirishlari natijasida savollarga ham o‘rin qolmayapti, – deydi 149-USK faoli, o‘quv-seminar ishtirokchisi Zarina Ro‘ziyeva. 

 

 

Buxoro viloyat hududiy saylov komissiyasi

matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur