Ma’lumki, 27-oktabr kuni parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov jarayoni o‘tkaziladi. Bunda Buxoro viloyatidagi barcha saylov uchastkalari qatorida Kogon shahar 7-maktab binosida joylashgan 97-son saylov uchastkasi talab darajasida jihozlangan.
-O‘tkazilishi kutilayotgan siyosiy tadbirga Saylov kodeksini batafsil o‘qib,tushungan holda jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Komissiya a’zolarimizning har biri o‘z vazifasini astoydil bajaryapti. Aminmanki, saylov uyushqoqlik bilan adolatli va shaffof o‘tadi, - deydi 97-son saylov uchastka komissiyasi kotibi Xalil Nabiyev.
Mazkur saylov uchastkasida saylovga oid stend va bannerlar joylashtirilgan. Komissiya a’zolari uchun kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlangan.